- Toshkentdagi yangi YeIB Mintaqaviy vakolatxonasi institutning Markaziy Osiyo bo‘ylab ishtirokini yanada mustahkamlaydi.
- Markaziy Osiyo bo‘ylab loyiha portfeli qariyb 3 milliard yevroga yetayotgan bir paytda, jumladan Transkaspiy transport yo‘lagini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda transport, iqlim bo‘yicha chora-tadbirlar, energetika, raqamli o‘zaro bog‘lanish va muhim xomashyo resurslari sohalarida taxminan 1 milliard yevrogacha yetishi mumkin bo‘lgan loyihalarni amalga oshirib mintaqada Global Darvoza (Global Gateway) ustuvor yo‘nalishlarini ilgari suradi.
- Markaziy Osiyo bo‘ylab maslahat xizmatlarini kengaytirmoqda, jumladan Toshkentdagi yirik oqova suvlarni tozalash loyihasi bo‘yicha “O‘zsuvta’minot” AJ bilan yangi hamkorlik orqali, loyihalarni tayyorlash, investitsiyalarni jalb qilish va murakkab infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashmoqda.
Bugun Yevropa Investitsiya Banki (YeIB) Toshkent shahrida Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy vakolatxonasini ochdi. Bu YeIB jamoalarini mintaqa bo‘ylab hamkorlar va loyihalarga yanada yaqinlashtiradi.
Vakolatxona YeIB vitse-prezidenti Marek Mora tomonidan ochildi. U bankning Markaziy Osiyodagi tobora ortib borayotgan ishtiroki va mintaqadagi investitsiya loyihalari portfelining kengayib borayotganini ta’kidladi.
YeIB Markaziy Osiyoda 2009 yildan buyon faoliyat yuritib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda O‘zbekistonda operatsiyalarni amalga oshirib kelmoqda. 2025 yil aprel oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammitida YeIB Global Yevropa Ittifoqi va “Yevropa Jamoasi” (Team Europe) bilan yaqin hamkorlikda mintaqa bo‘ylab Yevropa Ittifoqi Global Darvoza ustuvor yo‘nalishlariga mos loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi.
YeIB Global, Yevropa Investitsiya Bankining rivojlanish bo‘yicha faoliyat yurituvchi bo‘linmasi sifatida, Markaziy Osiyo bo‘ylab o‘z faoliyatini kengaytirib, barqaror transport aloqalari, energetika, suv ta’minoti, raqamli infratuzilma va iqlimga chidamlilik sohalaridagi investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Amaldagi va rejalashtirilayotgan tashabbuslar qatoriga Transkaspiy transport yo‘lagini qo‘llab-quvvatlash, Rog‘un va Qambarota-1 kabi yirik gidroenergetika loyihalari hamda mintaqaviy raqamli o‘zaro bog‘lanish loyihalari kiradi. Yevropa Ittifoqi, Yevropa Jamoasi hamkorlari va xalqaro moliya institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda, YeIB Global Yevropa Ittifoqi Global Darvoza strategiyasi maqsadlariga muvofiq muhim xomashyo va sog‘liqni saqlash qiymat zanjirlari bo‘yicha yangi imkoniyatlarni ham rivojlantirmoqda.
2017 yilda Asosiy bitim imzolanganidan buyon O‘zbekiston YeIB Global uchun Markaziy Osiyodagi muhim hamkorlardan biriga aylandi.
Ayni paytda YeIB Global Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) bilan birgalikda O‘zbekiston–2030 strategiyasi va Yevropa Ittifoqining Global Darvoza tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydigan istiqbolli operatsiyalar portfelini ishlab chiqmoqda, jumladan:
- Transport – ayniqsa Transkaspiy transport yo‘lagi bo‘ylab yashil, aqlli va xavfsiz transportni qo‘llab-quvvatlash;
- Iqlim, energetika va suv – toza energiyaga o‘tish va suv resurslarini yanada barqaror boshqarish bilan bog‘liq investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash;
- Raqamli soha – xavfsiz va ishonchli o‘zaro bog‘lanishni qo‘llab-quvvatlash;
- Sog‘liqni saqlash – sog‘liqni saqlash ta’minot zanjirlarini va mahalliy vaksina ishlab chiqarishni mustahkamlash;
- Muhim xomashyo – mahalliy sanoat qiymat zanjirlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash.
Allaqachon imzolangan loyihalar va amaldagi Anglashuv memorandumlarini hisobga olgan holda, O‘zbekistonda ko‘rib chiqilayotgan operatsiyalarning umumiy hajmi 1 milliard yevroni tashkil etadi.
Potensial investitsiyalar suveren va sub-suveren kreditlash, davlat-xususiy sheriklik, xususiy sektorni moliyalashtirish, Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston savdosini qo‘llab-quvvatlash, ulushli investitsiyalar hamda aralash moliyalashtirish mexanizmlari orqali moliyalashtirilishi mumkin bo‘ladi.
Moliyalashtirish bilan bir qatorda, YeIB Global mintaqadagi maslahat faoliyatini ham kengaytirib, hamkorlarga loyihalarni tayyorlash, investitsiyalarni jalb qilish va murakkab infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda yordam bermoqda.
Buning ilk misoli Toshkent xalqaro investitsiya forumida e’lon qilindi. Unda YeIB Global va “O‘zsuvta’minot” AJ o‘rtasida Toshkentdagi Surum oqova suvlarni tozalash inshooti davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihasi bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan Niyatlar deklaratsiyasi imzolandi.
Tasdiqlash jarayonlari va tegishli ekspertiza yakunlariga ko‘ra, YeIB Global kuniga 300 000 m3 quvvatga ega yangi oqova suvlarni tozalash inshootini rivojlantirish uchun tranzaksiya bo‘yicha maslahat xizmatlarini taqdim etadi. Loyiha O‘zbekiston poytaxtida sanitariya xizmatlarini yaxshilashi va mavjud oqova suv infratuzilmasiga tushayotgan yuklamani kamaytirishi kutilmoqda.
Ushbu tashabbus, ayniqsa suv xo‘jaligi va ekologiya sohalarida, O‘zbekistonda shakllanayotgan investitsiya va maslahat imkoniyatlari portfelining kengayib borayotganini namoyish etadi.
YeIB vitse-prezidenti Marek Mora:
“Biz mintaqaviy vakolatxona ochishga qaror qilganimizda, Markaziy Osiyoda o‘zgarishlar qanchalik tez sur’atlarda kechayotganini va sifatli investitsiyalarga talab qanchalik yuqori ekanini ko‘rdik. Hududda bevosita faoliyat yuritish bizga tezroq harakat qilish, hamkorlarimiz bilan yaqindan ishlash va g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish imkonini beradi. Biz transport va energetikadan tortib suv va raqamli infratuzilmagacha bo‘lgan sohalarda katta imkoniyatlarni ko‘rmoqdamiz.”
Minister of Investment, Industry and Trade Laziz Kudratov, said:
“O‘zbekiston o‘z kelajagiga katta sarmoya kiritmoqda va bu kuchli xalqaro hamkorliklarni talab qiladi. Toshkentda Yevropa Investitsiya Banki vakolatxonasining ochilishi bizga yangi tajriba, yangi moliyalashtirish imkoniyatlari va iqtisodiyotimiz hamda fuqarolarimiz uchun muhim bo‘lgan murakkab loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashadigan uzoq muddatli hamkorni taqdim etadi.”
EU Ambassador to Uzbekistan, Toivo Klaar, said:
“Toshkentda Yevropa Investitsiya Bankining mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorlikning navbatdagi muhim bosqichidir. EIBning mintaqadagi kuchliroq ishtiroki Yevropa Ittifoqining Global Gateway ustuvor yo‘nalishlarini Markaziy Osiyo bo‘ylab barqaror o‘sish, o‘zaro bog‘liqlik hamda aholi va biznes uchun yangi imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlaydigan aniq loyihalarga aylantirishga yordam beradi. Shuningdek, bu Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston va umuman mintaqa bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan uzoq muddatli sadoqatini ham aks ettiradi.”
Ma’lumot uchun
YeIB Guruhi
Yevropa Investitsiya Banki (YeIB) guruhi Yevropa Ittifoqining moliyalashtirish instituti bo‘lib, unga Yevropa Ittifoqining 27 a’zo davlati egalik qiladi va u dunyodagi eng yirik ko‘p tomonlama taraqqiyot banklaridan biridir. 2025-yilda YeIB guruhi Yevropa Ittifoqi siyosiy maqsadlarini qo‘llab-quvvatlovchi sakkizta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 870 dan ortiq yuqori ta’sirga ega loyihalar uchun 100 milliard yevro miqdorida yangi moliyalashtirish va maslahat xizmatlari bo‘yicha bitimlar imzoladi. Ushbu ustuvor yo‘nalishlar qatoriga iqlim va atrof-muhit, raqamlashtirish va texnologik innovatsiyalar, xavfsizlik va mudofaa, hududiy birdamlik, qishloq xo‘jaligi va bioiqtisodiyot, ijtimoiy infratuzilma, kuchli global hamkorliklar hamda jamg‘arma va investitsiyalar ittifoqi kiradi.
Yirik infratuzilma loyihalari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish bilan bir qatorda, YeIB guruhi yuqori xavfli innovatsion loyihalar va bizneslarga xususiy investitsiyalarni jalb etadi hamda Yevropadagi venchur qarzlari, venchur kapital, kafolatlar va sek’yuritizatsiya bozorlarida tobora muhimroq rol o‘ynamoqda.
Yevropa Investitsiya Jamg‘armasi (EIF) YeIB guruhining sho‘ba tashkiloti bo‘lib, Yevropa bo‘ylab kichik va o‘rta biznes hamda startaplarning moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kafolatlar va ulushli investitsiyalar taqdim etishga ixtisoslashgan.
2023 yilda Yevropa Investitsiya Jamg‘armasi Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Belgiya va Niderlandiya bilan birgalikda innovatsion startaplarni rivojlantirishga qaratilgan European Tech Champions tashabbusini ishga tushirdi. Bugungi kunga qadar ushbu tashabbus 14 ta yirik Yevropa venchur kapital fondining tashkil etilishiga va 43 ta kompaniyaning kengayishiga yordam berdi, jumladan kapitali 1 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan 11 ta “yakkashox” kompaniya ham shular jumlasidandir.
YeIB guruhi vakillari va bosh qarorgohi fotosuratlari, logotiplar hamda OAV foydalanishi uchun videomateriallar mavjud.
YeIB Global
YeIB Global YeIB guruhining xalqaro hamkorlik va rivojlanish moliyalashtirishining samaradorligini oshirishga ixtisoslashgan bo‘linmasi bo‘lib, Yevropa Jamoasi va Global Darvoza strategiyasining muhim hamkoridir. YeIB Global dunyo bo‘ylab o‘z vakolatxonalari orqali YeIB guruhini odamlar, kompaniyalar va institutlarga yanada yaqinlashtiradi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi haqida
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni muvofiqlashtirish, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul vakolatli davlat organidir.
Yevropa Ittifoqi haqida
Yevropa Ittifoqi – bu Yevropa 27 mamlakatining iqtisodiy va siyosiy ittifoqi. U inson qadr-qimmatini hurmat qilish, erkinlik, demokratiya, tenglik, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini, shu jumladan ozchiliklarga mansub shaxslarning huquqlarini hurmat qilish qadriyatlariga asoslanadi. U jamiyat, atrof-muhit va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga koʻmaklashish maqsadida har kimning foydasi uchun global miqyosda harakat qiladi.
EIB opens regional representation in Tashkent, steps up engagement in Central Asia
©European Investment Bank
Download original